
Qayd etilishicha, mamlakat tarixida ilk bor pandemiyalar davrida yoshlar huquqlari bo‘yicha BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi rezolyutsiyasi loyihasi qabul qilindi. Hujjatning qabul qilinishini BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga aʼzo barcha 47 ta davlat bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan. Dunyoning 37 mamlakati hammualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ilk bor 2020-yil oktabr oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga uch yillik muddatga (2021—2023 yillar) saylangan edi. O‘zbekiston uchun 169 ta davlat ovoz bergandi.
21-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida videomurojaat bilan so‘zga chiqqandi. O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida yangi sharoitlarda BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining ahamiyati va o‘rni tobora ortib borayotganini qayd etgan edi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Janubiy Koreya matbuotida chop etilgani haqida xabar berilgandi.


