1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT: Toliblar davrida ISHID teraktlari soni kamaydi

Tashkilot terrorchilarning moliyaviy manbalari haqida maʼlumot berdi.

BMT: Toliblar davrida ISHID teraktlari soni kamaydi

 

“Tolibon” hukumati davrida Afg‘onistonga ISHID terrorchilari uyushtirayotgan teraktlari soni kamaygan. Bu haqda tashkilotning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar taʼsiri Afg‘onistonning sharqiy va shimoli-sharqiy viloyatlariga yoyilgan.  Uning teraktlarni rejalashtirish va moliyalashtirish faoliyati ham kuchaygan.

 

ISHIDning umumiy byudjeti 25-50 million dollar atrofida baholanmoqda. Bu uch yil avvalgiga nisbatan bir necha barobar kam ekanligi qayd etilgan.

 

Avvalroq RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili ISHID jangarilari soni 3 barobar ko‘payganini maʼlum qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика