1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT toliblarni terrorchilar bilan barcha aloqalarni uzishga chaqirdi

Tashkilot Kobulda “Al-Qoida” yetakchisi o‘ldirilganiga izoh berdi.

BMT toliblarni terrorchilar bilan barcha aloqalarni uzishga chaqirdi

 

BMT “Tolibon” harakatining terrorchilar bilan aloqalari uzilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi o‘rinbosari, terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov maʼlum qildi.

 

“ ‘Al-Qoida‘ hozirda Afg‘onistonda yaxshi maʼlum. Mening boshqarmam “Tolibon”ning terrorchilar bilan yo‘li ajralishi uchun barcha ishni amalga oshirmoqda”, – degan u.

 

Maʼlumot o‘rnida: 31 iyul kuni AQSH maxsus amaliyot davomida Kobulda “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik guruhi yetakchisi Ayman az-Zavaxiriy o‘ldirildi. U Usoma bin Lodin o‘limidan so‘ng mazkur guruhga boshchilik qilib kelgan. Jozef Bayden bu to‘g‘risidagi bayonotda Afg‘onistonni qaytadan terror uyasiga aylantirmaslikka vaʼda berdi. Davlat kotibi Entoni Blinken esa toliblarni Doha kelishuvlarini buzishda aybladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика