BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va 20 dan ortiq davlatning maxsus vakillari Dohadagi Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Yujarrik ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, tadbirda terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari, xususan, ayollar huquqlari bilan bog'liq vaziyat muhokama qilinmoqda.
Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad xalqaro hamjamiyat ishtirokida ushbu masalalar boʻyicha Tolibon bilan qanday hamkorlik qilish boʻyicha umumiy kelishuvga erishishdir.
Yig'ilishda ishtirok etayotgan davlatlar orasida Xitoy, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Eron, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh va Turkiya bor.


