“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, Afg‘onistondagi umumiy vaziyat og‘irlashdi. Bu haqda BMTning Afg‘onistondagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarov maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eng avvalo mamlakat iqtisodiyoti og‘ir ahvolga tushgan. Xususan, mamlakatda bank tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilmagani qayd etilgan. Iqtisodiy faoliyatning sustligi gumanitar sektorga bosim bo‘lib tushmoqda.
Bundan tashqari, tashqi yordam hajmi kamaygani aytilgan.
“Hammasi izdan chiqdi. Oqibatda pasayish kuzatilmoqda”, – degan Alakbarov “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.
BMT koordinatori avvalgi hukumat davrida davlat byudjeti 13.5 milliard dollar bo‘lganini, ammo hozirda 3 milliardni tashkil etayotganini taʼkidlagan.
Avvalroq “Tolibon” 23 million saytni bloklab qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.


