1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

AQSH tomonidan topilishi uchun 10 million dollar vaʼda qilingan terrorchi bilan BMT vakillari uchrashdi

BMT vakillari Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan uchrashdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

AQSH tomonidan topilishi uchun 10 million dollar vaʼda qilingan terrorchi bilan BMT vakillari uchrashdi

 

 

BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi elchisi Debora Layons va tashkilot xavfsizlik departamenti vakillari 15 sentyabr kuni Haqqoniy bilan uchrashgan. Unda barcha gumanitar tashkilot xodimlari Afg‘onistonda qarshiliksiz va tahdidlarsiz ishlashi zarurligi taʼkidlangan.

 

Shuningdek, iqtisodiyotni tiklash, davlat xizmatchilari va tibbiyot xodimlariga ish haqini to‘lash, shuningdek, yordamga muhtojlarga dori-darmon va oziq-ovqat yetkazib berish kabi masalalar ham muhokama qilingan.

 

Ajablanarlisi, Siroj Haqqoniy hamon xalqaro terrorchilar ro‘yxatida turadi. AQSH Federal qidiruv byurosi u haqidagi maʼlumotlar uchun 10 million dollar mukofot vaʼda qilgan. Afg‘onistonda uyushtirilgan bir qancha qonli teraktlarda uning qo‘li bor. “Tolibon”ning harbiy qanoti bo‘lgan “Haqqoniy tizimi” yetakchisi. Haqqoniy 7 sentyabr kuni Afg‘oniston Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilaganini eʼlon qildi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика