1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etdi

4-6-oktabr kunlari poytaxtimizdagi «Humo Arena» sport majmuasida Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha XII jahon chempionati o‘tkazildi.

Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etdi

 

Yurtimizda ilk marotaba tashkil etilgan nufuzli musobaqada dunyoning 21  davlatidan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Uch kun davom etgan musobaqa yakuniga yetdi. Quvonarlisi, musobaqada hamyurtlarimiz ham munosib ishtirok etdi.

 

Jumladan, jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslarida yurtdoshlarimiz Jahongir Jo‘rayev, Farhod Bahriyev, Hayit Hasanov, Shuhrat Abdaliyev, Evelina Ildarovna, Milena Prudskix o‘z yo‘nalishlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yana bir guruh sportchilarimiz esa kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

 

Maʼlumot uchun, jahon chempionati doirasida erkaklar va ayollar musobaqasida quyidagi toifalar taqdim qilingan edi. 

 

Jamshid Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика