Bodrum aeroporti yaqinida kuchli yong'in davom etmoqda.
Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in yo‘l chetida boshlangan, shundan so‘ng alanga o‘rmonlarga o‘tgan.
Yong'indan chiqayotgan tutun dam olish maskanlarigacha yetib bordi, u yerda ko'plab sayyohlar bor. Shaharlar va plyajlar tutun bilan qoplangan bo'lib, mehmonxona xonalariga ham kirib bordi. Tashqarida havo harorati 43 daraja issiq. To‘qqizta samolyot, 13 vertolyot va 450 ga yaqin o't o‘chiruvchilar alangaga qarshi kurashga jalb qilingan.