1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Boeing C-17” harbiy-transport samolyotida inson tanasi qoldiqlari aniqlandi

Kobuldan uchib ketgan “Boeing C-17” harbiy-transport samolyotining shassi bo‘limida inson tanasi qoldiqlari mavjudligi bo‘yicha surishtiruv boshlandi. Bu haqda CNN AQSH harbiy-havo kuchlari maʼlumotlariga tayanib xabar qilmoqda.

“Boeing C-17” harbiy-transport samolyotida inson tanasi qoldiqlari aniqlandi

 

 

Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda Kobul aeroportidan olingan videolar tarqalgan edi. Ularda ko‘plab odamlar Kobuldan chiqib ketish maqsadida uchish-qo‘nish yo‘lagida yugurib, AQSH harbiy-havo kuchlari samolyotlariga osilib chiqmoqchi bo‘lgani tasvirlangan.

 

Ushbu hodisa oqibatida 8 kishi tiqilinchda halok bo‘lgan, 3 kishi samolyotdan qulab tushgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur samolyotdagi inson tanasi qoldiqlari u Qatardagi El-Udeyd aviabazasiga qo‘nganidan so‘ng aniqlangan. Samolyot mutaxassislar undagi inson tanasi qoldiqlarini to‘liq tozalab, tekshirib chiqmagunicha parvozlarni amalga oshirmaydi.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика