1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bog‘cha oshxonasida go‘shtni yashirganlar kir yuvuvchilikka o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 12-bog‘chadagi holat. Bolalarga berilgan go‘shtlar ўғирланмоқда...?  sarlavhali video tarqaldi.

Bog‘cha oshxonasida go‘shtni yashirganlar kir yuvuvchilikka o‘tkaziladi

 

 

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Andijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Abdunosir Vohidov bilan bog‘landik:

 

“Bu holat joriy yilning 27 aprelida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 12-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida emas, balki 2-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lgan. Video o‘sha kuni bog‘chaning yordamchi oshpazi Mohlaroy Mamarasulova tomonidan videoga olingan va ijtimoiy tarmoqqa joylangan. Shundan so‘ng Mohlaroyning onasi Fotima Siddiqova Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.

 

Arizaga binoan, ushbu holat Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘rganilib, to‘plangan hujjatlar Qo‘rg‘ontepa tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan. 12 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudida guruhlarga ovqat tarqatiladigan chelakda suyak va go‘shtlarni olib qo‘ygan bosh oshpaz R.Otaxonovaga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.

 

 

Shuningdek, bosh oshpaz R.Otaxonova va yordamchi oshpaz X.G‘ofurovalar tegishli tartibda oilaviy sharoitlari, ayblariga chin dildan pushaymonligi sabab ular oshpazlikdan kir yuvuvchilikka o‘tkazilgan.

 

Ovqatni vaqtida bermaslik voqeasi M.Mamarasulova tomonidan qo‘l telefonida tasvirga tushirilgan. Ushbu holat joriy yilning 26 iyul kuni soat 11:30 da ovqat pishirilgach, hamshira tomonidan sinama olinganda ovqat to‘liq pishib yetilmagani sababli meʼyorida pishirilishi talab etilgan. Videoda “5 nafar oshxona ishchisining o‘rniga 3 nafar xodim ishlamoqda” deb aytilgan.

 

O‘sha kuni haqiqatdan ham 3 nafar oshxona ishchisi ishlagan. Bunga sabab, 1 nafar oshxona ishchisi karantinga olingan, 1 nafari esa homilador bo‘lgani sababli sog‘ligi yomonlashib, shifokor ko‘rigiga (oshxonadagi qolgan ishchilar bilan kelishib) chiqib ketgan. Videodagi jarayonlar bir kunda sodir etilmagan. Ular montaj asosida birlashtirilgan. Yaʼni videoda ko‘rsatilgan sifatsiz “karam voqeasi” 2019 yilning mart oyida videoga olingan.

 

Ushbu video toki ijtimoiy tarmoqda tarqalguncha hech kimga ko‘rsatilmagani sababli chora ko‘rilmagan. Ushbu masalalar bo‘yicha 2-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida kuzatuv kengashining yig‘ilishi chaqirilgan. Kengashda aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rilishi rejalashtirilgan.

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика