1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bog‘chada bolalar uxlamagani uchun oyog‘iga igna tiqqan tarbiyachilarga sud hukmi o‘qildi

Shuningdek, bir qator shaxslarga nisbatan ham taqdimnoma chiqarilgan.

Bog‘chada bolalar uxlamagani uchun oyog‘iga igna tiqqan tarbiyachilarga sud hukmi o‘qildi

 

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchilar oyog‘iga igna tiqilgani holati yuzasidan sud hukmi chiqarildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining cayyor majlisida S. E. (1989-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-DMTT tarbiyachisi) va M. R. (2003-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, kollej o‘quvchisi) ga oid maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 

 

Sud qarori bilan ko‘ra ikki nafar shaxs Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ularning har biriga BHM 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, sud tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi boshlig‘iga sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan mehnat munosabatlaridan kelib chiqib, rasmiy munosabat bildirish va tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 313-moddasi tartibida taqdimnoma ham chiqarilgan.

 

Bundan tashqari, Yangihayot tumanidagi 122-DMTT mutasaddilariga ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, tarbiyalanuvchilarni qabul qilinganlik holati va ular uchun to‘lovlar amalga oshirilganligini tekshirib, qonuniy baho berish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 278-moddasi tartibida Yangihayot tuman prokuroriga xabarnoma yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика