Nizomda yozilishicha, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda taqdim etilgan bojxona yuk deklarasiyasi asosida bojxona organlari tomonidan shartli ravishda chiqarib yuboriladi. Bunda bojxona organi tovarlarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi.
Taʼkidlash kerak, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish deklarant xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda yakuniy narx aniq bo‘lmaganda bojxona solig‘i tovar-xomashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari bo‘yicha belgilanadi.
Eslatma. Deklarant deklarasiya taqdim etuvchi jismoniy shaxs hisoblanadi.
Avvalgi tartibda deklatsiya to‘ldiruvchi shaxslar o‘qitilar edi. Shundan so‘ng ularga sertifikat taqdim qilingan. Tovar egasi bojxonadan molini o‘tkazish uchun mazkur mutaxassislarga murojaat qilishgan, ular esa tovar egasi uchun dekloratsiyani to‘ldirib berishgan.
Endilikda mazkur tizimda o‘zgarish bo‘ldi. Yaʼni, Bojxona qo‘mitasi o‘qitib, sertifikat beradigan shaxslar o‘rniga deklarantlik joriy qilindi. Bunda tadbirkorning o‘zi ham deklarant bo‘lishi mumkin, hatto mol egasi bo‘lmasa ham deklarantlik qilish imkoniyati mavjud.
Shu o‘rinda, endilikda hujjat ko‘tarib, qog‘oz shaklidagi dekloratsiyani taqdim qilishga hojat yo‘q.
Deklarant tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida aniqlagach, bojxona organlarining axborot tizimi orqali dekloratsiyani taqdim qilishi mumkin. Buning uchun murojaatchi my.gov.uz saytiga kirishi, bojxona xizmatlari degan manzilga bog‘lanishi lozim. Mazkur onlayn manzilda “onlayn dekloratsiyani taqdim qilish” joyi bor. Ana shu yerda deklarant o‘z deklaratsiyasini elektron tarzda to‘ldirishi mumkin. Bundan oldinroq, shaxsiy kabenet ochiladi. Bu Bojxona xizmatlari tizimida ro‘yxatdan o‘tgacha avtomatik tarzda amalga oshiriladi(bu amaliyot customs.uz sayti orqali ham bajarilishi mumkin).
Onlayn kabenet orqali deklaratsiya ro‘yxatdan o‘tgani, tovarni olib chiqib ketish va yana shunga o‘xshash axborotlar yetkazib turiladi.
Deklaratsiya onlayn taqdim qilingach bojxona organi 1 kuni ichida(ish kunlari) deklarantni shartli bojxona qiymati haqida xabardor qiladi. Deklarant tegishlicha hisoblangan bojxona to‘lovlarini to‘laydi.
To‘lov amalga oshirilgach, bojxona organi 2 kunida ichida (ish kunlari) tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida rasmiylashtiradi.
Deklarant yuk chiqarib yuborilgandan so‘ng 60 kun ichida zarur hujjatlarni taqdim etishi zarur. Bundan maqsad, yakuniy bojxona qiymatini belgilash uchun maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslashdir.
Diqqat! Hujjatlar 3 kun ichida (ish kunlari) o‘rganib chiqilib, bojxona qiymatini asoslash uchun yetarli deb topilgandan so‘nggina, deklarant xabardor qilinadi.
Avvalroq 6 ta bojxona posti tugatilishi hamda 1 avgustdan boshlab bojxona rejimidagi talablar osonlashtirilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


