1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bo‘ka tumanida 12,5 ming xonadon gazsiz qoldi

Yuqori bosimli gaz quvuri shikastlanishi oqibatida ta’minot vaqtincha to‘xtatilgan.

Bo‘ka tumanida 12,5 ming xonadon gazsiz qoldi

18 avgust kuni soat 21:40 da Bo‘ka tumanidan o‘tgan yer osti yuqori bosimli gaz quvuriga ekskavator shikast yetkazdi. Hodisa oqibatida tumanda tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 12 ming 512 ta xonadon va 267 ta yirik iste’molchi gazsiz qolgan. Hozirda hududda gaz ta’minoti xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

Mutasaddilar ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ma’lum qildi.

 

Energetika vazirligi aholi va korxonalardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishni, gaz jihozlariga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика