1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Boku “Lochin” nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopdi

Bunga "Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga qarashli avtomashinalar orqali kontrabandaga urinishlar" sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Boku “Lochin” nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopdi

 

11 iyul, seshanba kuni Ozarbayjon davlat chegara xizmati (DCHX) “Lochin” nazorat-o‘tkazish punkti (NO‘P) faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qildi. Bunga «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga qarashli avtomashinalar orqali kontrabandaga urinishlar» sabab sifatida ko‘rsatilgan. 

 

«Yuqoridagi faktlar yuzasidan Ozarbayjon Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zarur tergov tadbirlari yakunlanguniga qadar “Lochin” NO‘P orqali o‘tish vaqtincha to‘xtatildi», — deya Rossiyaning «Interfaks» axborot agentligi Ozarbayjon DCHXga tayanib xabar berdi.

 

OAVga ko‘ra, Ozarbayjon tomoni kontrabandachilar Lochin yo‘lagi orqali olib o‘tgan deb hisoblayotgan «ruxsat etilmagan tovarlar» orasida telefonlar, quvvatlantiruvchi qurilmalar va benzin bor.

 

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi kontrabandachilar faoliyatiga aloqadorlik gumonlarini rad etdi.

 

«XQXQ Lochin yo‘lagi orqali ruxsat etilmagan yuklarni olib o‘tish borasida bildirilayotgan xavotirlardan xabardor va bunday faoliyatni qo‘llab-quvvatlamaydi. XQXQga tegishli bo‘lgan birorta ham transport vositasida ruxsat etilmagan tovarlar aniqlanmagan. Barcha yuklar Ozarbayjon bojxona nazoratidan o‘tkaziladi», — deyiladi xabarda.

 

Xabarlarga ko‘ra, to‘rt nafar yollangan haydovchi vaqtinchalik XQXQ emblemasi yopishtirilgan avtomashinalarida bir qancha tijorat tovarlarini Tog‘li Qorabog‘ga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

 

«Bu shaxslar XQXQ xodimlari emas edi va qo‘mita ular bilan tuzilgan xizmat shartnomalarini darhol bekor qildi. Bizning Lochin yo‘lagidagi ishimiz doimo insonparvarlik xarakteriga ega», — deyiladi tashkilot bayonotida.

 

Muxtasarxon Toshpo’latova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика