1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bokuda 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Saqichni do‘kondan sotib olgan o‘quvchi uni sinfdoshlariga tarqatgan.

Bokuda 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

 

Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi 14-son maktabda noxush holat yuz berdi — 8 nafar o‘quvchi saqich iste’mol qilgach, o‘zini yomon his qilib, zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilardan biri maktabga kelayotib, yaqin atrofdagi do‘kondan saqich sotib olgan va uni sinfdoshlariga tarqatgan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, bolalarda ko‘ngil aynishi va ahvolning keskin yomonlashuvi kuzatilgan.

 

Maktab ma’muriyati tez yordam chaqirgan, hozirda barcha o‘quvchilar shifokorlar nazoratida. Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика