1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bokudan Moskvaga uchgan samolyot ham ortiga qaytdi

Bugun ertalab Samarqand–Moskva yo‘nalishidagi samolyotda shu holat kuzatilgandi.

Bokudan Moskvaga uchgan samolyot ham ortiga qaytdi

 

Ozarbayjon havo yo‘llariga qarashli Boku – Moskva reysini amalga oshirayotgan “Airbus A340” samolyoti belgilangan manzilga yetmasdan ortga qaytib, parvoz boshlangan Haydar Aliyev nomidagi aeroportga qayta qo‘ndi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

“Ozarbayjon havo yo‘llari”ning “J2-807” Boku—Moskva reysi (Vnukovo ayeroportiga yo‘l olgan) sardori o‘zi boshqaruvidagi “Airbus A340” havo kemasini texnik sabab tufayli boshlang‘ich aeroportga qaytarishga qaror qilgan.

 

Kechiktirilgan Boku–Moskva va Moskva–Boku reyslari yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirilib, havo layneri parvozi bilan bog‘liq texnik muammo hal etilgunga qadar barcha zarur xizmatlar bilan ta’minlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchgan samolyot ham texnik sabab bilan ortiga qaytgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика