2020-yilning fevralidan beri O‘zbekiston bola huquqlari bo‘yicha ombudsmani Aliya Yunusova o‘z faoliyatini to‘xtatayotganini maʼlum qildi. U bu haqda o‘zining Facebook‘dagi sahifasida yozib qoldirdi.
«Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, men bolalar huquqlari bo‘yicha vakil sifatidagi faoliyatimni to‘xtatayotganimni maʼlum qilaman. Muhtaram prezident Shavkat Mirziyoyevga bola huquq va manfaatlarini taʼminlash, yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman», — deb yozdi u.
Bolalar huquqlarini taʼminlash va himoya qilishning xalqaro standartlarga javob beradigan kuchli tizimini shakllantirishda biz bilan hamkorlik qilgan, qo‘llab-quvvatlagan, hissa qo‘shgan, ishongan va ishlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, YUNISEFning O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi rahbari janob Munir Mammadzade va uning jamoasiga bolalar manfaatlari yo‘lidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani va ilgari surayotgani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman, deya post qoldirgan u.


