1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolalar ombudsmani Olmaliqdagi o‘quvchi vafoti holatini nazoratga oldi

O‘quvchining vafoti yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Bolalar ombudsmani Olmaliqdagi o‘quvchi vafoti holatini nazoratga oldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi umumta’lim maktabida voyaga yetmagan o‘quvchining vafot etgani haqida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan tegishli organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 28-yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida 2009-yilda tug‘ilgan o‘quvchi qizning sog‘ligi keskin yomonlashib, vafot etgan. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan.

 

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Shuningdek, prokuratura tomonidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

 

Bolalar ombudsmanining Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili voqea joyiga chiqib, mazkur holatda bolaning huquqlari buzilgan yoki buzilmaganligi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish olib bormoqda.

 

Tergovga qadar tekshiruv va o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика