1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolalar uchun ajratilgan turli buyumlar sotib yuborilgani ma'lum bo'ldi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) holatni o'rgandi.

Bolalar uchun ajratilgan turli buyumlar sotib yuborilgani ma'lum bo'ldi

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 21-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma A.R. farzandlaridan xavotirda ekani bo‘yicha murojaat qildi.

 

Murojaatchining yozishicha, uning 5 nafar voyaga yetmagan farzandlari 2 yildan buyon akasi B.L. qaramog‘ida bo‘lgan. Lekin, mahkuma va akasining farzandlari o‘rtasida turli kelishmovchiliklar bo‘lib kelgan. Hattoki, bolalar uchun davlat tomonidan ajratilgan nafaqa pullari hamda noutbuk, tikuv mashinasi va mebel jihozlarini mahkumaning farzandlariga bermay, sotib yuborganligini ma’lum qilgan.

 

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holatni joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborildi. Holat Namangan tumani “Inson” ijtimoiy markazi vakillari bilan hamkorlikda o‘rganildi. Aniqlanishicha, mahkumaning farzandlari hozirda uning marhum turmush o‘rtog‘ining akasi N.K. tomonidan vasiylikka olingan. O‘rganish jarayonida bolalar bilan suhbatlashildi va ularning sharoitlari o‘rganildi.

 

Shuningdek, davlat tomonidan ajratilgan noutbuk, divan va tikuv mashinasi mahkumaning voyaga yetmagan farzandlariga qaytarilishi ta’minlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика