1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolalarni himoya qilish tizimi kuchaytiriladi

Zo‘ravonlikka qarshi kurashda yagona raqamli platforma joriy etiladi.

Bolalarni himoya qilish tizimi kuchaytiriladi

 

2025-yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2030-yillarda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etiladi. Shu maqsadda yagona raqamli platforma ishlab chiqiladi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, shuningdek zo‘ravonlik sodir etgan yoki bunga moyil bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar jamlanadi va idoralar o‘rtasida almashiladi.

 

Mazkur platforma yagona dispetcherlik xizmati orqali “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi asosida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan bog‘lanadi.

 

Natijada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha yagona statistika hisobi va hisobot yuritiladi, ma’lumotlar statistika organlariga taqdim etiladi hamda har bir holat yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich monitoring qilinadi.

 

Bu esa zo‘ravonlikning oldini olish, tezkor choralar ko‘rish, resurslarni samarali taqsimlash va bolalar xavfsizligini ta’minlash tizimining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика