1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolalarni urib dars o‘tgan tarbiyachilar ishdan bo‘shatildi

Holat Xorazmdagi bog‘chalardan birida yuz bergan.

Bolalarni urib dars o‘tgan tarbiyachilar ishdan bo‘shatildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi bog‘chalardan birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, holat Urganch tumani 23-son maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir bo‘lgan. Ushbu vaziyatni o‘rganish maqsadida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirilib, o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan qo‘pol xato va kamchiliklari uchun yordamchi mazkur MTT tarbiyachilari R.M. va A.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика