Sofiya Ozarbayjon bilan elektr energiyasini gazga ayirboshlash bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Bolgariya iqtisodiyot va sanoat vaziri Nikola Stoyanov ma’lum qildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv vazirning Bakuga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
“Ular elektr tokini faqat gazdan oladi. Biz esa elektr energiyasining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanamiz va uni eksport qilamiz. Agar biz ularni elektr energiyasi bilan ta’minlay olsak, ular bizga gaz yetkazib berishlari mumkin”, — deydi Stoyаnov.
Shartnomaga ko‘ra, 1-oktyabrdan boshlab Ozarbayjon Bolgariyaga kelishuv asosida yiliga 1 mlrd kub metrgacha gaz yetkazib berishni boshlaydi. Vazirning ta’kidlashicha, keyingi 3-4 yil ichida Ozarbayjondan yiliga 2 mlrd kub metrgacha gaz olish rejalashtirilgan.


