Bolgariya hukumati Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha harakat doirasida Rossiya kemalarining kirishi uchun mamlakatning barcha portlarini yopishga qaror qildi.
Taqiq 8 apreldan kuchga kiradi va Rossiya dengiz reyestriga kiritilgan kemalarga taalluqlidir. Bu chora Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining beshinchi paketida ko‘zda tutilgan. Ammo endi bu taqiq boshqa davlatlar bayroqlari ostida suzib yuruvchi Rossiya kemalarini ham qamrab oladi.


