1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bolgariya Rossiyadan gaz olishni qayta tiklamoqchi

Tomonlar o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib borilmoqda.

Bolgariya Rossiyadan gaz olishni qayta tiklamoqchi

 

Bolgariya “Gazprom” bilan Rossiya gazini yetkazib berishni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda “Nova” telekanali xabar berdi.

 

“Jarayon qanday rivojlanishini bilmaymiz, ammo yetkazib berishni qayta tiklash imkoniyati bor. Bu mavzu to‘liq yopilmagan. Gap bizda mavjud bo‘lgan shartnoma haqida ketmoqda. Shartlar o‘zgargan taqdirda “Bulgargaz” uchun hech qanday xavf-xatar bo‘lmasligiga kafolatlar mavjud ekan, biz sahifani yopmaymiz”, — deyiladi bayonotda.

 

Aprel oyi oxirida “Gazprom” rublda to‘lov amalga oshirilmagani uchun Bolgariya va Polsha kompaniyalariga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi.

 

31 mart kuni Prezident Vladimir Putin “Chet ellik xaridorlar tomonidan Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarishning alohida tartibi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjatga muvofiq, farmonda ko‘rsatilgan xorijiy kontragentlarga 1 apreldan keyin etkazib beriladigan Rossiya gazi uchun to‘lov faqat rublda amalga oshirilishi kerak.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика