1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bolgariyada 22 yoshli o‘zbekistonlik yigit cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqaraman deb halok bo‘ldi

Yigit suv tubidagi qoyatoshlar orasiga qisilb qolgan, kuchli suv to‘lqini sabab marhum jasadini olib chiqish ishlari hali ham davom etmoqda.

Bolgariyada 22 yoshli o‘zbekistonlik yigit cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqaraman deb halok bo‘ldi

7-avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida fojiali hodisa yuz berdi. Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi, 2003-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi J.M. halok bo‘ldi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yosh yigitning ukrainalik qizni cho‘kib ketishdan qutqarishga urinish jarayonida sodir bo‘lgan. Qutqaruv chog‘ida kuchli to‘lqinlar ta’sirida u nazoratni yo‘qotgan va suv ostidagi yirik qoyalarga qisilib qolgan.

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi va Bolgariyadagi Faxriy konsulligi mazkur holat yuzasidan mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari, qutqaruv xizmatlari hamda Bolgariya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan doimiy aloqada ish olib bormoqda.

 

Burgas viloyati, Sozopol shahar hokimiyati va qutqaruv xizmatlari bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli to‘lqinlar bois marhum jasadini qoyalardan chiqarish ishlari hanuz davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика