1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bolgariyada yuk mashinasidan yuzga yaqin qochqin topildi

Mamlakatda migratsiya oqimi 57 foizga oshgan.

Bolgariyada yuk mashinasidan yuzga yaqin qochqin topildi

Bolgariya huquq-tartibot xodimlari 80 nafar noqonuniy muhojirni olib ketayotgan yuk mashinasini to‘xtatdi. Qayd etilishicha, mashina mamlakat poytaxti Sofiyadan 8 km uzoqlikda, Frakiya shossesida topilgan.

 

Hozir politsiya otryadlari voqea joyida qochqinlarning shaxsini aniqlamoqda va qochishga muvaffaq bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisini qidirmoqda.

 

Avvalroq Bolgariya hukumati mamlakat bo‘ylab migratsiya oqimi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 57 foizga oshgani haqida eʼlon qilgan edi. Avgust oyi o‘rtalarida ham 80 nafar muhojirdan iborat yuk mashinasi topilgan edi. Ularning barchasi Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика