Boliviya janubida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Uyuni shahridan Oruroga yo‘l olgan avtobus boshqa bir avtobus bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi, yana 30 ga yaqin yo‘lovchi turli darajada jarohat oldi.
Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan va jarohatlangan yo‘lovchilarning shaxsini aniqlash hamda ularning holatini baholash ishlari davom etmoqda. Hodisaning aniq sabablari hozircha noma’lum bo‘lsa-da, tergov ishlari boshlangan.
Ma'lum bo'lishicha, fojia Oruro shahrida bo‘lib o‘tadigan mashhur karnaval oldidan sodir bo‘lgan. Ushbu mudhish voqea butun mamlakatda chuqur qayg‘u uyg‘otdi.


