1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Boliviyada harbiylar prezident saroyiga bostirib kirishga urindi

Prezident buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi.

Boliviyada harbiylar prezident saroyiga bostirib kirishga urindi

26 iyun kuni harbiylar Boliviya hukumati binolari joylashgan La-Pasdagi Plaza Murilloga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yishdi. Shundan so‘ng tank saroy darvozalarini buzib kirishga urindi. Zirhli texnika va qo‘shinlar maydonda joylashtirildi.

 

Hujumni boshqargan Boliviya armiyasi generali Xuan Xose Suniga harbiylarning maqsadi mamlakatda demokratiyani tiklash ekanligini aytdi va siyosiy mahbuslarni qamoqdan ozod qilishga vaʼda berdi.

 

"Qurolli kuchlar Boliviyada demokratiyani qayta qurish, uni 30-40 yil davomida bir xil qarashdagi kishilar boshqarib kelayotgan tizimni emas, haqiqiy demokratiyaga aylantirish tarafdori", — dedi general Suniga prezident saroyi oldidagi nutqida.

 

Boliviya prezidenti Luis Arse harbiylar prezident qarorgohi joylashgan La-Pasdagi “Buyuk Xalqlar uyi”ga bostirib kirishga uringach, mamlakat xalqini davlat to‘ntarishiga urinishga qarshi chiqishga chaqirdi.

 

"Boliviya xalqi demokratiya uchun davlat to‘ntarishiga qarshi birlashishi va safarbarlik uyushtirishi zarur. Biz to‘ntarishga urinishlar boliviyaliklarning hayotiga zomin bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", — deya taʼkidladi u murojaatida.

 

Oradan ko‘p o‘tmay prezident mamlakatning yangi harbiy rahbariyati tayinlanganini eʼlon qildi: Xose Uilson Sanches Boliviya armiyasining yangi qo‘mondoni etib tayinlandi.

 

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, harbiylar yangi armiya qo‘mondonining buyrug‘iga binoan poytaxtdagi prezident saroyi va markaziy maydonni tark etishni boshladi.

 

Davlat to‘ntarishiga muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng uch nafar harbiy rahbar qo‘lga olindi. Ular orasida general Xuan Xose Suniga, harbiy-havo kuchlari generali Marselo Xavyer Segarra va vitse-admiral Xuan Arnes Salvador Ularning barchasi politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

 

Boliviya Mudofaa vaziri Edmundo Novilloning so‘zlariga ko‘ra, hukumat davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng mamlakat qurolli kuchlari ustidan to‘liq nazoratni saqlab turibdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика