ABC News xabariga ko‘ra, Boliviya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Luis Arseni korrupsiya ayblovlari bo‘yicha sud jarayoni yakunlanguniga qadar 5 oy muddatga qamoqda saqlash haqida qaror chiqardi. Mazkur qaror tergov jarayoniga to‘sqinlik qilmaslik va ishning xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Agar sobiq davlat rahbarining aybi sudda isbotlansa, u olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari ta’kidlashicha, ushbu jinoyat ishi mamlakatdagi siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirishi ehtimoldan xoli emas, chunki Luis Arse chap qanot tarafdorlari orasida katta siyosiy ta’sirga ega.
Eslatib o‘tamiz, “Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020 yilda Boliviya prezidenti etib saylangan edi. Biroq joriy yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda u mag‘lubiyatga uchradi. Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov va sud jarayonlari davom etmoqda.


