1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bollivud aktyori tarixda birinchi marta milliarderga aylandi

Hurun India Rich List 2025 ma’lumotiga ko‘ra, Shohrux Xon Bollivuddagi ilk milliarder sifatida qayd etildi.

Bollivud aktyori tarixda birinchi marta milliarderga aylandi

Bollivud yulduzi Shohrux Xon Hindiston tarixida birinchi bo‘lib dollar milliarderi maqomiga ega bo‘ldi.

 

BBC va Hurun India Rich List 2025-ma’lumotlariga ko‘ra, 59 yoshli aktyorning boyligi 1,4 milliard dollarni tashkil etadi. Shu tariqa, u Bollivuddan chiqqan ilk milliarderlardan biriga aylandi.

 

Reyting tuzuvchilar ta’kidlashicha, Xonning bu yutug‘i Hindiston iqtisodiyotining yangi yo‘nalishlarga — sport, ko‘ngilochar soha va intellektual mulk biznesiga faol kirib borayotganidan dalolat beradi.

 

Shohrux Xonning asosiy daromad manbalari Red Chillies Entertainment kinokompaniyasi, Knight Rider Sports kriket klubi, shuningdek, reklama shartnomalari va ko‘chmas mulkka kiritilgan investitsiyalardir.

 

Hurun ro‘yxatida qayd etilishicha, Xonning moliyaviy holati Arnold Shvartsenegger, Rianna, Teylor Svift va Tayger Vuds kabi mashhurlarning daromadlari bilan tenglashmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика