1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Boris Jonson yolg‘onchilikda ayblanmoqda

Unga parlamentga ruxsatsiz tashrif buyurish taqiqlandi.

Boris Jonson yolg‘onchilikda ayblanmoqda

 

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson parlamentga karantin paytidagi bazmlar haqida ataylab yolg‘on gapirdi. Tartib-intizom qo‘mitasi shunday xulosaga keldi va Jamoatlar palatasi buni ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi hamda unga qarshi sanksiyalar qo‘llashni maʼqulladi.

 

Jazo sifatida Jonsonga parlament palatalariga ruxsatsiz tashrif buyurish taqiqlangan.

 

Boris Jonson 10 iyun kuni deputatlikdan voz kechgandi. U o‘ziga qo‘yilgan yolg‘on ayblovlarni tan olmasligini aytgan. Bir kun avval, 19 iyun kuni sobiq hukumat rahbari 59 yoshga to‘ldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика