Samarqanddagi “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi: barqaror rivojlanish uchun global darvoza” konferensiyasida YеIning tashqi ishlab bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Markaziy Osiyo va YEI davlatlari avtonomiyaga harakatlanish va strategik hamkorlarini mustaqil tanlashni xohlashini bildirdi.
“Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz kabi biz ham Yevropada kim bilan aloqa o‘rnatish erkinligini beruvchi strategik avtonomiyaga intilmoqdamiz. O‘ta qaramlik va tanlovning yo‘qligi juda qimmatga tushadi. Biz Markaziy Osiyodagi hamkorlarimizning tarixiy yoki geografik omillarga qaramay har qanday xalqaro hamkorga qaramlikdan voz kechish kabi tabiiy istagini hurmat qilamiz va tan olamiz”, - dedi Borrel o‘z chiqishida.
Uning fikricha, YеI bilan hamkorlik boshqa aloqalarga zarar yetkazmasligi, aksincha ularni to‘ldirishi kerak.
O‘z chiqishida Jozep Borrel Yevroittifoq Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy chet el investoriga aylanganini ham taʼkidlab o‘tdi.
“So‘nggi 10 yilda YеI davlatlari Markaziy Osiyoga 105 mlrd dollar investitsiya qirilgan, bu mintaqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 40%idan ko‘p. Bu Rossiya va Xitoy investitsiyasini ortda qoldiradi, va biz yana-da ko‘piga tayyormiz”, - dedi Borrel.


