Istanbulda koronavirus bilan bog‘liq noodatiy voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda “Lenta” xabar berdi.
Gap shundaki, shaharda istiqomat qiluvchi erkak 14 oydan buyon karantinda. Shu vaqt mobaynida u 78 marta COVID-19 ga test topshirgan va ularning barchasi ijobiy bo‘lgan. Shu sababli, hozir ham o‘zini izolyatsiya qilishga majbur.
Vrachlar buni immunitet pastligi bilan izohlagan. Erkak organizmida leykemiya aniqlangan. Shuning uchun immun sistema kuchsizlanib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq COVID-19 chekinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


