1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bosh prokuratura tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasida 327 mlrd so‘m zarar undirilgani ma'lum qilindi

Shuningdek, 27,5 mlrd so‘mlik byudjet pullari talon-toroj qilinishining oldi olingan

Bosh prokuratura tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasida 327 mlrd so‘m zarar undirilgani ma'lum qilindi

 

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish akademiyasi, bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida bosh prokuratura hayʼatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda maʼlum qilinishicha, prokuratura organlari tomonidan o‘tgan yarim yilda aniqlangan qonun buzilish holatlari 91 mingdan ortiq nazorat hujjatlarini qo‘llash orqali bartaraf etilgan, 225 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan. Shuningdek, dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolarga va davlat manfaatlariga yetkazilgan 1,3 trln so‘mlik zararning undirilishi taʼminlangan.

 

Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan 113 mingta reyd tadbirlari davomida, 31 mingdan ortiq noqonuniy holatlar fosh etilib, 327 mlrd so‘m zarar undirilgan.

 

Bundan tashqari, prokuror nazorati tadbirlari davomida davlat dasturlariga kiritilgan 6 003 ta obyektni o‘z muddatida foydalanishga topshirilishi, 1,4 trln so‘m mablag‘lar tejalishi, 27,5 mlrd so‘mlik byudjet pullari talon-toroj qilinishining oldi olinishi taʼminlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика