Ayni paytda xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazayotgan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga planshet tarqatish Xorazmdan boshlanishini maʼlum qildi.
«Biz bog‘chalarda kompyuter sinflarini tashkil qilish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga planshet tarqatishni Xorazmdan boshlaymiz», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, birinchi bosqichda viloyatdagi 543 ta maktabdan 110 tasi tanlab olinib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kompyuter olib beriladi.
Shuningdek, yuqori sinflarda dasturlash, veb-dizayn kabi sohalar kasb sifatida o‘qitiladi. Bundan tashqari, viloyatda yetti yilga mo‘ljallangan, raqamlashtirish sohasida «Muhammad al-Xorazmiy vorislari» deb nomlangan loyihaga start beriladi.


