1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bo‘stonliqda fuqarolar kadastr xodimini do‘pposlashdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Bo‘stonliqda fuqarolar kadastr xodimini do‘pposlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Kadastr agentligi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Kadastr agentligi rasmiy maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda yashovchi fuqaroning qo‘shnisi tomonidan yo‘l berkitilib, devor qurilganligi yuzasidan yo‘llangan murojaatni Kadastr xodimi joyiga chiqib o‘rganish davomida videotasvirdagi holat yuz bergan.

 

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. Holatga huquqiy baho berilishi maʼlum qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика