Bugun, 29-iyul kuni soat 14:03 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Xo‘jakent” MFYda joylashgan dala hovlilarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomobili soat 14:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:27 da qurshab olingan va soat 15:00 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida dala hovli oshxonasining tahminan 80 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


