1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Bo‘stonliqdagi ʼmargimush qabristoniʼ doimiy nazorat qilinmoqda”

Chiqindilarni boshqarish agentligi Bo‘stonliqdagi maxsus obyekt bo‘yicha maʼlumot berdi.

“Bo‘stonliqdagi ʼmargimush qabristoniʼ doimiy nazorat qilinmoqda”

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi margimush saqlanayotgan maxsus obyekt nazoratsiz qolgani, ajratilgan mablag‘lar boshqa maqsadlarda ishlatib yuborilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Hoalatga Chiqindilarni boshqarish agentligi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, obyekt agentlik tomonidan doimiy nazoratga olingan hamda tarqalgan xabarlar asossiz.

 

Taʼkidlanishicha, margimush obyektining atrof-muhit hamda aholiga salbiy taʼsiriga chek qo‘yilgan. Hudud atrofi beton to‘siqli devorlar bilan o‘rab, konservatsiya qilingan hamda hudud bo‘ylab simyog‘ochlar o‘rnatilgan. Shuningdek, obyektning ustki qismiga toza inert tuproq yotqizilgan va devor qismiga yomg‘ir va oqova suvlarini hamda nam massani o‘tkazmaslik maqsadida burg‘ulash (teshish) ishlari amalga oshirilgan. 

 

“Hududda har chorakda rejaviy suv, tuproq namunalari olinib, nazorat monitoring tadbirlari o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика