1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bo‘stonliqdagi to‘yda guruh bo‘lib harakatlanganlar qamaldi

Ularning avtomashinalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Bo‘stonliqdagi to‘yda guruh bo‘lib harakatlanganlar qamaldi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bir guruh shaxslar avtomashinada guruh bo‘lib harakatlangani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB YHXB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, avtomashinalarda bo‘lgan yo‘lovchilar avtomobil oynasidan tana qismini chiqarib, o‘zlarining hayotini xavf ostiga qo‘yishgan. Ushbu voqealardan so‘ng Toshkent viloyati IIB YXXB xodimlari tomonidan tezkorlik bilan surishtiruv ishlari amalga oshirilib, 5 ta avtomashina Toshkent viloyatida, bitta transport vositasi esa Qashqadaryo viloyati hududida aniqlanib, haydovchilarning barchasiga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan haydovchilarning transport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi huquqbuzarlik sodir etgan 10 nafar shaxslarga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bir nafar fuqaroga esa farzandi borligi sababli jarima jazosi qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика