1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Boysunda 2 mashina sifatsiz go‘sht aniqlandi

Ular bozorga olib ketilayotgan vaqtda to‘xtatib qolingan.

Boysunda 2 mashina sifatsiz go‘sht aniqlandi

 

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 1 tonnadan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi. Bu haqda viloyat  Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Boysun tumani hududida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro M.K. boshqaruvidagi “Caddy Trendliny” rusumli avtotransport vositasida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda hech qanday hujjatlarsiz jami 800 kg va Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi  S.X.ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinada 600 kg jami 1 400 kg go‘sht mahsulotlarini hech qanday veterinariya hujjatlarisiz Surxondaryo viloyati hududida faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlariga olib kelayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Ular viloyat Oziq-ovqat xavfsizligi va nazorati bo‘limi labaratoriyasi tekshiruvidan o‘tkazilib, egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика