Braziliyada «Korintians» futbol klubi muxlislarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi va 7 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Globo nashri.
Hodisa 20 avgust kuni Belu-Orizonti shossesida sodir bo‘lgan. Avtobus Braziliya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan «Korintians» — «Kruzeyro» uchrashuvidan so‘ng San-Pauluga ketayotgan edi. Avtobusda 46 kishi bo‘lgan.
Hodisa joyida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi mashina ichida siqilib qolgan.


