1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Braziliyada sarson kema oxir-oqibat cho'ktirib yuborildi

U Turkiya kompaniyasiga sotilgan va yana Braziliyaga qaytib kelgandi.

Braziliyada sarson kema oxir-oqibat cho'ktirib yuborildi

 

Braziliya harbiy-dengiz kuchlari Atlantika okeanida foydalanishdan chiqarilgan yagona aviatashuvchisi “San-Paulu”ni cho‘ktirdi

 

Bu kemaning sayozlikka o’tirib qolish xavfi tufayli ichki suvlarga kirishi taqiqlanganidan keyin sodir boʻlgan.

 

San-Paulu 2021-yilda Turkiyaning Sök kompaniyasiga 1,9 million dollarga sotilgan. Yangi egasi uni 2022-yil yozida Turkiyaga tortib olib ketgan, u yerda u demontaj qilinishi kerak edi, biroq O‘rtayer dengiziga yetib kelganidan so‘ng mahalliy hokimiyat to‘xtash uchun ruxsat bermagan.

 

Kema qaytarib olib kelindi, biroq Braziliya ham nazoratsiz suv toshqini xavfi tufayli uni qabul qilishdan bosh tortdi. U navigatsiya, atrof-muhit, baliqchilik va ekotizimlar xavfsizligini hisobga olgan holda qirg'oqdan 350 km uzoqlikda, taxminan 5000 m chuqurlikda cho'ktirildi. Braziliyalik ekologlar esa ekotizimlarga zarar yetkazilmasligiga shubha qilmoqdalar — kemada asbest, xlorftoruglerodlar, mikroplastmassa zarralari va og'ir metallar mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика