1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Braziliyada “suv parisi” yoki “o‘zga sayyoralik”ning qo‘li topildi

Sayr qilib yurgan juftlik uni sohilda ko‘rib qolgan.

Braziliyada “suv parisi” yoki “o‘zga sayyoralik”ning qo‘li topildi

 

Braziliyalik juftlik sohil bo‘yicha sayr qila turib inson qo‘liga o‘xshash suyaklarni topib oldi. Ammo bu suyaklar insonnikidan ancha yirik va barmoq bo‘g‘inlari soni boshqacha edi. 

 

Tez orada juftlik atrofida odamlar yig‘ilib, bu suyaklar kimga tegishli ekanini taxmin qila boshladi. Taxminlar orasida bu suv parisi yoki o‘zga sayyoralikning qo‘l qoldiqlari, degan farazlar ham bor. 

 

Shundan so‘ng ular qoldiqlarni mahalliy olimlarga ko‘rsatishga qaror qidishdi. Ma’lum bo‘lishicha, suyaklar dengiz sutemizuvchisi, katta ehtimol bilan biror delfinga tegishli. Jonivor 1,5 yillar oldin nobud bo‘lgan. 

 

Brazilida sohilga chiqib qolgan hayvon qoldiqlari tabiiy moddalar almashinuviga ta’sir qilmaslik uchun yig‘ib olinmaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика