Braziliyaning Goyano shahri aholisi uchun ancha vaqtgacha so‘zlab berishga arziydigan voqea yuz berdi.
Gap shundaki, 62 yoshli Xose Ribeyra da Silva og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan vafot etgan. Uning o‘limi 20:00 da qayd etilgan. Qarindoshlari ogohlantirilgach, jasad dafn marosimi byurosiga jo‘natilgan.
Voqeaning dahshatli qismi tungi soat 1:00 larda byuro xodimlari jasad solingan qopni ochganda yuz bergan. Ular ko‘z o‘ngida jasad nafas olayotandi.
Xodimlar darhol shifoxonaga va erkakning qarindoshlariga xabar qilgan. Xosening singli Aparesida yarim tunda dafn qilish byurosidan xabar eshitish dahshatli ekanini aytadi.
Shifoxonada tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng o‘limni qayd etgan shifokor ishdan bo‘shatilgan. Ma'lum boʻlishicha, bemorga traxeostomiya qilingan va u paydo bo‘lgan teshik orqali nafas olgan.


