1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Braziliyalik futbolchi maoshiga yarasha o'yin ko'rsatmayapti

U keyingi yil Saudiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin

Braziliyalik futbolchi maoshiga yarasha o'yin ko'rsatmayapti

 

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. 32 yoshli futbolchi namoyish qilayotgan o‘yin klub rahbariyatiga yoqmayapti.

 

Kazemiro jamoada eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan biri ekanligi uchun uning natijalari xo‘jayinlarni qoniqtirmayapti. Braziliyaning yetakchi klublaridan “San-Paulo” va “Palmeyras” Kazemironi sotib olish haqida o'ylab ko'rishdi.

 

Biroq, bu klublar yarim himoyachi talab qilayotgan maosh miqdorini eshitganidan keyin darrov fikridan qaydgan. Manbaga ko‘ra, Kazemiro ayni paytda haftasiga 350 ming funt ishlab topmoqda. Uning o‘yini bu summaga mos emas va shu bois manchesterliklar undan tezroq qutilmoqchi.

 

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Kazemiroga faqatgina Saudiya Arabistoni klublari katta maosh to‘lashi mumkin. Braziliyalik yulduz joriy mavsum tugaganidan keyin Osiyo qit’asiga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика