1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Braziliyaning sobiq prezidentiga telefonidan foydalanish taqiqlandi

U davlat to‘ntarishiga urinish va fitna uyushtirishda ayblanmoqda.

Braziliyaning sobiq prezidentiga telefonidan foydalanish taqiqlandi

Braziliya Oliy sudining qaroriga ko‘ra, mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro ijtimoiy tarmoqlarga noqonuniy tarzda murojaat qilgani uchun uy qamog‘ida qoladi va telefon bilan bog‘liq har qanday vositadan foydalanishi taqiqlanadi. Bu haqda BBC manbasiga asoslangan holda xabar berilgan.

 

Sud Bolsonaro tarafdorlari, jumladan, uning farzandlari orqali ijtimoiy tarmoqlarda davlat tizimiga qarshi chiqishlar va xorijiy aralashuvga da’vatlar e’lon qilingani bo‘yicha dalillarni ko‘rib chiqqan. Jumladan, senator Flavio Bolsonaro tomonidan otasining videoqo‘ng‘irog‘i tarmoqda tarqatilgani, biroq keyinchalik bu harakat qonunga zid deb topilib, post o‘chirilgani qayd etilgan.

 

Sudya Aleksandre de Moraesning qaroriga ko‘ra, Bolsonaro nafaqat mobil aloqa vositalaridan foydalana olmaydi, balki u bilan uchrashish ham faqat advokatlarga ruxsat etiladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Jair Bolsonaro 2022-yilgi prezidentlik saylovlarida Luis Inasio Lula da Silvaga yutqazgan. Oradan ko‘p o‘tmay u davlat to‘ntarishiga urinish, fitna uyushtirish va sudyalarni yo‘q qilish rejasini ishlab chiqqanlikda ayblanmoqda. U barcha ayblovlarni inkor etmoqda, biroq sud aybdor deb topsa, uni uzoq muddatli qamoq jazosi kutmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика