1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Brijit Makron jins haqidagi da’volarga qarshi sudda ilmiy ekspertiza o‘tkazilishini talab qildi

Sud jarayonida birinchi xonimning shaxsiy hayotiga oid hujjatlar va ekspert xulosalari ko‘rib chiqiladi.

Brijit Makron jins haqidagi da’volarga qarshi sudda ilmiy ekspertiza o‘tkazilishini talab qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron o‘zining ayol ekanligini ilmiy jihatdan isbotlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda BBC Makronlarning advokati Tomas Klerga tayanib xabar berdi.

 

Mazkur jarayon amerikalik faol Kendas Ouensning bayonotidan so‘ng boshlangan. Ouens Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilgani, shuningdek, Makronlar qarindoshligi va Emmanuel Makron “maxfiy tajriba natijasi” ekani haqida ommaviy tarzda da’vo qilgan edi.

 

Advokat Tomas Klerning ta’kidlashicha, Brijit Makron bunday asossiz ayblovlardan chuqur ranjigan, prezident esa ularni chalg‘ituvchi deb baholagan. Unga ko‘ra, sud jarayonida ilmiy ekspertiza asosidagi guvohliklar taqdim etiladi va er-xotin barcha zarur dalillarni ochiq ko‘rsatishga tayyor. Shuningdek, Brijit Makronning homiladorlik davriga oid fotosuratlar ham ish materiallariga kiritilishi rejalashtirilgan.

 

Ma’lumot uchun, Brijit Makronga nisbatan ilk shubhali da’volar 2021-yilda jurnalist Natacha Rey tomonidan ilgari surilgan edi. Parij sudi o‘sha paytda da’voni tuhmat sifatida baholagan. 2024 yil kuzida Rey tuhmatda aybdor deb topilib, jarimaga tortilgan bo‘lsa-da, keyinchalik apellyatsiya sudi uni oqlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика