Urush qurbonlari jamg‘armasi rahbari Mayk Penrouzning so‘zlariga ko‘ra, “Chelsi”ni sotishdan oldin Britaniya hukumati rasmiylari va klubning sobiq egasi Roman Abramovich o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unga ko‘ra jamg‘arma tushgan mablag‘ni "Ukrainadagi barcha urush qurbonlariga" yordam berish uchun ishlatishi kerak.
Klub sotilganidan bir yil o‘tib, Penrouzning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya hukumati yangi shart qo‘ygan, unga ko‘ra, fond o‘z faoliyatini "Ukrainaning geografik chegaralari" bilan cheklagan taqdirdagina pul oladi. Maʼlum qilinishicham jamg‘arma bu shartga rozi emas, chunki ular mavjud mablag‘lar turli mamlakatlardagi, shu jumladan Buyuk Britaniyadagi ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun yo‘naltirilishi kerak, deb hisoblashadi.
"Bunday katta miqdordagi pul bilan - taxminan 2,35 milliard funt sterling - qayerda yashashlaridan qat'i nazar, eng zaiflarga yordam bermaslik g'oyasi deyarli uyatsiz. Hukumatdan bizni barcha ukrainaliklar, jamoalar va ularni qabul qilgan odamlarga yordam berish imkoniyatini cheklaydigan siyosiy shartlar qo‘ymasdan bizga mablag‘ bilan ta’minlashni so‘raymiz”, — dedi u.
Penrouzning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya rasmiylari fondning Rossiya va Belarus, shuningdek, ushbu mamlakatlar hukumatlari bilan aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorligiga qarshi, chunki ular sanksiyalar shu tarzda buzilishi mumkinligidan qo‘rqishadi.
Maʼlumot uchun, 2022-yilning mart oyida Roman Abramovich 2003-yildan beri egalik qilib kelayotgan “Chelsi” futbol klubini sotishini eʼlon qilgan edi. Natijada may oyida klubni amerikalik tadbirkor sotib olgan edi.


