1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniya politsiyasi Bosh vazirni jarimaga tortdi

Boris Jonson karantin davridagi bazmlar uchun uzr so‘radi.

Britaniya politsiyasi Bosh vazirni jarimaga tortdi


Britaniya politsiyasi Bosh vazir Boris Jonsonni COVID-19 tufayli amalda bo‘lgan blokirovka paytida Dauning-stritda bazmlar tashkil etgani uchun jarimaga tortdi. Jarima miqdori haqida ma’lum qilinmagan.

 

Avvalroq tergov boshlanganidan buyon polisiya jarima undirish talabi bo‘yicha 50 dan ortiq hujjat tayyorlab qo‘ygani xabar qilingandi.

 

Jonson Britaniya hukumati apparatining katta xodimi Syu Greyning Dauning-stritdagi shov-shuvli kechalar haqidagi hisoboti e’lon qilinganidan keyin uzr so‘ragan.

 

Eslatib o‘tamiz,   2020 yilning may oyida karantinga qaramay, hukumat qarorgohida ziyofat tashkil etilgan. Bosh vazir unda ishtirok etgani uchun parlamentdan uzr so‘rab, vaziyatni tushunmaganini va avvaliga buni “ishga aloqador tadbir”, deb o‘ylaganini aytgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика