Shahzoda Garri va uning rafiqasi Meghan Markl Kaliforniyada yashashda davom etayotgan bo‘lsa-da, ular xarajatlarni kamaytirish maqsadida jamoasidagi bir nechta xodim bilan xayrlashishga majbur bo‘lishdi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bergan.
Er-xotin endilikda jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha doimiy mutaxassisni ishga olish o‘rniga, tashqi PR agentligi xizmatlaridan foydalanadi. Bu esa ularga ish haqi, ijtimoiy to‘lovlar va boshqa xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
Garchi Meghan'ning “As Ever” brendi muvaffaqiyatli ish boshlagan va Netflix bilan hamkorlik hali ham daromad keltirayotgan bo‘lsa-da, juftlik katta miqdorda xarajatlar bilan duch kelmoqda. Xavfsizlik choralari uchun yiliga 2 million dollar, ularning Montecitodagi hashamatli uyi uchun esa 300 ming dollargacha soliqlar to‘lanmoqda.
Yaqin manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Garri va Meghan mablag‘larini samaraliroq taqsimlashni maqsad qilgan. “Doimiy stavkali xodimlarni saqlash endi hashamat bo‘lib qoldi. Qisqa muddatli shartnomalar esa ancha qulay va iqtisodiy jihatdan foydaliroq”, — deydi insayder.
Mutaxassislar fikricha, ular qabul qilgan qarorlar o‘zini oqlaydi, chunki AQShda yashash qimmatga tushadi va hatto sobiq qirollik a’zolari ham mustaqil moliyaviy hayotga o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.


